Yuksak matonatli qizlarimiz ham O‘zbekiston g‘alabasiga munosib hissa qo‘shganlarini har qancha g‘urur va iftixor bilan gapirsak arziydi
Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
–Ayni vaqtda yuksak matonatli qizlarimiz ham O‘zbekiston g‘alabasiga munosib hissa qo‘shganlari to‘g‘risida har qancha g‘urur va iftixor bilan gapirsak arziydi, albatta.
Jamoamiz qo‘lga kiritgan medallarning 11 tasi aynan qizlarimiz hisobiga yozilgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi, – dedi davlat rahbari.
Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash, Nurxon Qurbonova esa nayza uloqtirish bo‘yicha Paralimpiya chempionlari bo‘lgani qatorida jahon miqyosidagi rekordlarni ham yangilaganiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q.
15 yashar Shahinaxon Yigitaliyeva kumush medalni qo‘lga kiritib, Paralimpiya o‘yinlaridagi eng yosh sovrindor sifatida tarixga kirgani ham alohida ta’kidlandi.
O‘zA