Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuksak matonat va metin iroda sohiblari parasport bahslarida qatnashdi
17:13 / 2025-12-03

Yurtimizda har yili 3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan turli ijtimoiy loyihalar, aksiyalar, xayriya tadbirlari o‘tkazilishi an’anaga aylangan. Zero, mehr-muruvvatli va bag‘rikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib keladi. Bu esa jamiyatda tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biridir.

Ana shunday ezgu an’analarimizni bugungi zamon talablari asosida rivojlantirish maqsadida keyingi yillarda yurtimizda imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zarur barcha sharoitlarni yaratish borasidagi sa’y-harakatlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sport musobaqalari hamda “Inklyuziv intellektual ring” o‘yini o‘tkazildi.

Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqada Akademiyaning nogironligi bo‘lgan talabalari sportning bir necha turlari bo‘yicha ishtirok etdi.

Sport musobaqalaridan so‘ng “Inklyuziv intellektual ring” o‘yini o‘tkazildi.

Unda talabalar jamoalarga bo‘lingan holda hakamlar tomonidan berilgan mantiqiy savollarga javob  qaytardi.  

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.  

N.Usmonova, O‘zA