Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuksak marralar sari
16:42 / 2026-01-20

Bugungi kunda yurtimizda bilimli, iqtidorli va maqsad sari intilayotgan yoshlar safi kengayib bormoqda. Buxoro viloyati Olot tumanidagi Shunday yoshlardan Farangiz Bahodirova o‘zining bilimga chanqoqligi, tirishqoqligi va yuqori salohiyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

U tumandagi 21-umumta’lim maktabida tahsil olib, eng a’lochi va faol o‘quvchilardan biri sifatida tanildi. U yoshligidanoq ilmga muhabbat bilan yondashib, fanlarni puxta o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratdi. Aynan shu intilish va mehnat samarasi o‘laroq, 2021 yilda Buxoro Prezident maktabi o‘quvchilari safiga qabul qilindi. Bu esa uning hayotida yangi imkoniyatlar va katta marralar sari yo‘l ochdi.

Prezident maktabida Farangiz ustozlarning doimiy ko‘magi, ota-onasining yaratib bergan qulay shart-sharoitlari va o‘zining tinimsiz mehnati evaziga bir qator nufuzli yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Xususan, 2022 yilda 7–8-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasida kimyo yo‘nalishi bo‘yicha 1-darajali diplom sohibasi bo‘ldi. 2023 yil mart oyida ingliz tili fanidan milliy CEFR sertifikati(V2 daraja)ni qo‘lga kiritdi. 

Shu bilan birga ingliz tili bo‘yicha bilimini yanada mustahkamlab, xalqaro IELTS sertifikati — C1 darajasi(7,5 ball)ga erishdi. 2025 yilda matematika fanidan xalqaro SAT imtihonida 1280 ball to‘plab, navbatdagi yuksak natijani qayd etdi. 2025 yilda Buxoro Prezident maktabida matematika, kimyo va fizika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadada A Level darajasini qo‘lga kiritdi. 

U Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo davlatlari o‘rtasidagi kimyo olimpiadasi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, 2026 yil 14 yanvar kuni Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Asian Chemistry Olympiad (ACHO–2026) final bosqichida ishtirok etib, kumush medal sohibasi bo‘ldi.

Farangizning muvaffaqiyatlari bugungi olotlik yoshlar uchun katta ilhom manbai bo‘lib, kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bag‘ishlaydi. Shubhasiz, bunday yuksak marralar hali uning oldida turgan katta zafarlarning boshlanishi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.