FOTOREPORTAJ
Hozirgi kunda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi bilan bir qatorda ma’naviy-ruhiy holatini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, harbiy qismlarda muddatli xizmatchilarda Vatanga sadoqat va xizmat mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Buxoroda bu yo‘nalishdagi tadbirlar Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismlarida bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda. Okrug qo‘mondonligi tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va viloyat Kengashi hamkorligida oliy ta’lim muassasalari va maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
[gallery-27457]
Harbiy qismlarda har hafta ma’naviy soatlar, davra suhbatlari va ma’ruzalar tashkil etiladi. Mashg‘ulotlarda “Vatan himoyasi – muqaddas burch”, “Harbiy xizmat – oliy sharaf”, “Yangi O‘zbekiston va kuchli armiya” kabi mavzular muhokama qilinadi. Shuningdek, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkardalar hayoti va jasorati haqida tadbirlar askarlarda milliy g‘urur va faxr tuyg‘usini mustahkamlaydi.
Harbiylar orasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida badiiy va tarixiy adabiyotlar asosida mutolaa mashg‘ulotlari ham doimiy o‘tkaziladi, o‘qilgan asarlar yuzasidan fikr almashuvlar tashkil qilinadi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA