Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuksak ma’naviyatli avlod tanlovi
17:51 / 2016-06-13

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi “Istiqbol” yoshlar qanoti tomonidan tashkil etilgan “Yosh siyosatchi – 2016” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi yakunlandi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi “Istiqbol” yoshlar qanoti tomonidan tashkil etilgan “Yosh siyosatchi – 2016” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi yakunlandi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi X.Boboxonov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egallashi, iste’dod va salohiyatini keng namoyish etishi uchun zarur sharoit yaratish, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

«Yosh siyosatchi» ko‘rik-tanlovi navqiron avlodning siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tanlovning Toshkent shahar bosqichida eng iqtidorli deb topilgan 12 nafar yigit-qiz ishtirok etdi.

– Mazkur ko‘rik-tanlovda qatnashish istagini bildirgan yoshlar yildan-yilga ortib bormoqda, – deydi «Istiqbol» yoshlar qanoti faoli U.Bektemirov. – Bu iqtidorli yigit-qizlarni aniqlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, huquqiy va siyosiy bilimlarini boyitish imkonini beradi.

Yosh siyosatchilarning chiqishlari hakamlar tomonidan baholab borildi. Toshkent farmatsevtika instituti talabasi Abduvohid Fazliddinov birinchi o‘rinni egallab, mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

“Eng zukko ishtirokchi”, “Eng yaxshi ishtirokchi”, “Eng yaxshi notiq” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.