Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi
16:29 / 2025-10-28

Guliston shahridagi Prezident maktabi maslahatchisi Madina Saparova Chikago universiteti tomonidan “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” mukofoti bilan taqdirlandi.

Bu yuqori darajadagi e’tirof pedagogning ta’limga bo‘lgan sadoqati, o‘quvchilar hayotida ijobiy o‘zgarishlar yarata olish qobiliyati va bilimga bo‘lgan muhabbati xalqaro miqyosda tan olinganidan darak beradi.

E’tiborga molik jihati shundaki, mazkur mukofot maktabning sobiq o‘quvchisi, hozirda Chikago universiteti talabasi Asilbek Ashurovning tavsiyasi asosida taqdim etilgan. Asilbek O‘zbekistondan ilk bor ushbu nufuzli oliy ta’lim muassasasiga to‘liq grant asosida qabul qilingan bo‘lib, 4 yillik tahsil uchun $420 minglik grantga erishgan.

Bu e’tirof nafaqat Asilbekning shaxsiy yutug‘i, balki uni tarbiyalagan ustozlarning mehnatsevarligi va fidoyiligini ham yaqqol ko‘rsatadi.

– Rosti, kutmagan edim, – deydi Madina Saparova. – Chikago universitetining bunday e’tirofi nafaqat men uchun, balki butun maktab jamoasi uchun katta ilhom manbaidir. Ta’limga berilgan mehr, sarflangan mehnat hech qachon beiz ketmaskan — uning samarasi har bir o‘quvchi hayotida namoyon bo‘ladi. Buni men amalda ko‘rdim va chin dildan his etdim.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri