Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuksak e’tirof ko‘rsatildi
11:23 / 2025-06-16

Toshkent viloyatida ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilayotgan xodimlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent viloyati IIBB sohaviy xizmatlari hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi. Xizmat vazifalarini sidqidildan ado etib, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda faollik ko‘rsatgan 15 nafar xodim pul mukofoti va tashakkurnoma bilan taqdirlandi. 

Ular orasida Yo‘l harakati xavfsizligi, Patrul-post xizmati va Qo‘riqlash bo‘linmalarida xizmat qilayotgan safdorlar, kichik serjantlar va ofitserlar bor. Shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida, jami 20 ta “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalari Patrul-post xizmati bo‘linmalariga tantanali ravishda topshirildi. 

Tadbir davomida Toshkent viloyati prokurori Azamat Mirzayev va IIBB boshlig‘i Tohir Aripov so‘zga chiqib, xodimlarni mukofotlar bilan tabrikladi. Soha xodimlarining mas’uliyatli va sharafli xizmatlarini e’tirof etib, kelgusida yanada katta yutuqlarga erishishlariga tilak bildirildi.

A.Musayev,O‘zA.