Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuksak ehtirom
10:21 / 2021-08-27

Prezidentimizning Botir Zokirovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni bir lahzada odamlar e’tiboriga tushdi. Darhaqiqat, Botir Zokirov xalqimizning ardoqli san’atkori edi.

    Uning jozibali qo‘shiqlari, noyob ovozi, yuksak ijro mahorati nainki mamlakatimiz, balki xorijdagi muxlislar qalbidan ham keng o‘rin olgani rost. San’atkorlar oilasida tavallud topgan Botir aka murakkab va o‘ziga xos hayot, ijod yo‘lini bosib o‘tdi. Qo‘shiqchilik san’atimizda milliy estrada maktabiga asos soldi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Botir Zokirov 23 yoshida mashhurlikka erishgan. Arab bastakori Farid al-Atrashning «Orzularim mash’ali», ko‘proq esa «Arab tangosi» nomi bilan tanilgan qo‘shig‘i xonandani talaygina   davlatlarda mashhur qilgan va uzoq yillar davomida uning «tashrif qog‘ozi» ham bo‘lib kelgan.

    Aslida Botir aka jahonning ko‘plab xalqlari tilida mahorat bilan kuylagan. Shu bilan birga xonandaning "Ra’no", "Gazli", "Qaydasan, azizim?", "Ra’no", "Hayolimda bo‘lding uzun tun" va boshqa qo‘shiqlari afsonaviy ijroga aylangan.

    Dunyoda ovozi billurdek tiniq xonandalar kammi? Jahon tan olgan san’atkorlar-chi?   Botir Zokirov fenomeni  uning inson qalbi, ruhiyatini o‘ziga rom etuvchi mo‘’jizakor, betakror benazir, biroz dardchilroq ovozida bo‘lsa ajab  emas. Shu bois hali- hamon insoniyat uning ijrosini hayrat bilan tinglaydi,zavqlanadi,bahra oladi.

   Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu yil mamlakatimizda ustoz san’atkor tavalludining 85 yilligi keng nishonlanmoqda. Ko‘rgazmalar, ijodiy-musiqiy kechalar, yosh xonandalar tanlovlari o‘tkazilmoqda. Ustoz san’atkorni xotirlab kitoblar yaratilmoqda.

    Ulug‘ san’atkorimizning "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlanishi uning tengsiz ijodiga bo‘lgan ehtiromning yana bir yorqin va amaliy namunasidir.

 

 Nazokat Usmonova, O‘zA