Tovar-moddiy boyliklarni yuk hujjatlarida qayd etilmagan holda yurtimiz hududiga olib kirish holatlarini bojxonachilar muntazam tarzda fosh etishmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” TIF bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan keltirilgan “shisha fasad” tovarlari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, shisha fasadlar orasiga yashirilgan jami qiymati 53,8 million so‘mlik 108 dona alkogol mahsulotlari hamda 550 qutida tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Тошкент shahar bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati.
O‘zA