Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuklar egasiga yetib bormadi
15:58 / 2023-09-07

Davlatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat olib borayotgan bojxona xodimlari tomonidan katta miqdordagi yuklarni bojxona nazoratidan yashirin holda olib o‘tishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Xo‘jadavlat” temir yo‘l chegara bojxona postiga kirib kelgan  vagonlar  orasida xorijiy korxonalarning biri tomonidan yurtimizda faoliyat ko‘rsatuvchi MCHJlardan birining nomiga yuborilgan katta miqdordagi yuklar ham bor edi.

Mazkur temir yo‘l vagonlaridagi tovarlar tegishli hujjatlarda metalldan yasalgan buyumlar sifatida qayd etilgan bo‘lsada, ularning rentgen tasvirlari buning aksini ko‘rsatdi. Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Xo‘jadavlat” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlarida ushbu tovarlarning nomi va miqdoriga nisbatan shubha uyg‘onganligi sababli Bojxona qo‘mitasining “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ushbu yuklar “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilib, xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.  

Bojxona ko‘rigi davomida hujjatlarda ko‘rsatilgan metalldan yasalgan buyumlar o‘rniga bojxona yuk deklaratsiyasida umuman qayd etilmagan 25 tonna beda urug‘lari borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy qiymati 2 milliard 250 million so‘m deb baholanayotgan mazkur tovarlar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtincha saqlov choralari ko‘rilgan.  

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri