Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuk transportlari vaznini o‘lchaydigan nazorat tarozilarini xususiy sheriklik asosida o‘rnatish taklif qilinmoqda
18:30 / 2023-09-12

Prezident huzurida yo‘l xo‘jaligi sohasini isloh qilish bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda hokimlar va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining yo‘llar uchun javobgarlik sohasini aniq chegaralash zarurligi qayd etildi.

Yo‘llarni monitoring qilishning avtomatlashgan tizimi yo‘qligi sababli qaysi yo‘ldan qanday hajmda yuk o‘tayotgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Xalqaro tajribada yuk transportlari vaznini o‘lchaydigan nazorat tarozilarini o‘rnatish amaliyotidan keng foydalaniladi. Shundan kelib chiqib, bunday tarozilarni mamlakatimizda ham xususiy sheriklik asosida o‘rnatish taklif qilinmoqda.

Davlatimiz rahbari tarozilardan foyda olish uchun emas, aksincha, yo‘llar sifatini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida foydalanish lozimligini ta’kidladi.

 

O‘zA