Yuk tashuvchi avtomashinalar haydovchilar Transport vazirligiga yig‘ilishdi (video)
Kuni kecha kuchga kirgan kunning eng tig‘iz vaqtlarida og‘irligi 10 tonnadan ortiq yuk-transport vositalari harakatini Toshkent shahar hududida cheklash to‘g‘risidagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi tomonidan qabul qilingan qaror ustidan norozilik bildirgan bir guruh haydovchilar Transport vazirligi binosi yonida to‘planishdi.
Transport vazirligi qaror va uning ijrosiga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.
Ta’kidlash joiz, ushbu qaror Toshkent shahri hududida tirbandliklarni oldini olish va shahar havosining ifloslanishiga qarshi chora-tadbirlar yuzasidan qabul qilingan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HZtnnK0YH5I" title="Yuk tashuvchi avtomashinalar haydovchilar Transport vazirligiga yig'ilishdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Ziyovuddin NURIDDINOV, O‘zA