Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan 1,5 milliard so‘mlik qurilish xom ashyolari to‘xtatib qolindi
10:08 / 2023-01-11

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan yirik miqdordagi tovarlarning noqonuniy tarzda olib kirilishiga chek qo‘yildi.

Xorijiy yo‘nalish bo‘yicha harakatlanib, Respublikamizga kirib kelgan 5 ta yuk avtotransport vositalari bojxona postida o‘rnatilgan “Z-Portal”  qurilmasi yordamida skayner qilindi. Bojxona xodimlari tomonidan tovarning skaynerlangan tasviri hamda bojxona yuk dekloratsiyasida o‘zaro tafovut aniqlanganligi sababli  tegishli bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan umumiy qiymati 1,5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan metalldan ishlangan qurilish xom ashyolari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Zarif Komilov,

O‘zA