Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuk kuzatuv hujjatlardan tushib qolgan muzlatgichlar fosh etildi
12:03 / 2024-03-13

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona post xodimlari hamda bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan xorijdan yurtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatning nomiga olib kelingan tovarlar bilan yuklangan “Volvo” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati salkam 198 mln. so‘mlik 51 dona “Haier” nomli muzlatgich borligi aniqlandi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, jismoniy va yuridik shaxslar amaldagi tartiblarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tishda o‘zlari bilan olib ketayotgan tovar va moddiy boyliklarni belgilangan me’yorlar asosida ishonchli va to‘g‘ri deklaratsiyalanishi uchun qonun hujjatlarga muvofiq javobgar bo‘ladi.  

Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari davom etmoqda.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA