Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuk avtotransport xatlangach, qarzdorlik toʻlab berildi
10:18 / 2020-11-02

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Uchqoʻrgʻon tumani boʻlimi davlat ijrochilari tomonidan banklar foydasiga kredit mablagʻlarini undirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.


Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Uchqoʻrgʻon tumani boʻlimi davlat ijrochilari tomonidan banklar foydasiga kredit mablagʻlarini undirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, byuro boʻlimi ish yurituvida boʻlgan, Fuqarolik ishlari boʻyicha Uchqoʻrgʻon tumanlararo sudining 2020-yil 17-avgustdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Tepaqoʻrgʻon savdo qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati va qoʻshimcha javobgarlar “Toshbuloq qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda Baxtiyor Gʻofurovdan undiruvchi “Qishloq qurilish bank” Namangan filiali foydasiga 141.615.00 soʻm kredit qarzdorlik undirish belgilangan.

Davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Qarzdorlikni bartaraf etish boʻyicha ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, qarzdor jamiyat kredit mablagʻini bartaraf etmagani sababli ijro harakatlari davomida qoʻshimcha javobgar nomidagi “SHAANXI SX3254DR384” rusumli davlat raqami 50S225GA boʻlgan yuk avtomashinasi davlat ijrochisi tomonidan xatlangan.

Transport vositasiga xatlangandan keyingina, qarzdor tomonidan 141.615.000 soʻm toʻliq toʻlab berildi va ijro hujjati amalda tugatildi.