Yuk avtomobili yonib ketdi, qurbonlar yo‘q
Joriy yilning 3 yanvar kuni soat 14:20 larda Buxoro viloyati Vobkent tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 241-kilometrida yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi A.R. boshqaruvidagi "Hyundai-Porter" rusumli yuk avtomobilining salon qismida yong‘in yuzaga kelgan (harakat vaqtida). Haydovchi transport vositasini zudlik bilan to‘xtatgan. Yong‘in o‘t uchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Yong‘in natijasida transport vositasiga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Vobkent tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA