Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yue SYAOYUN: Xitoy Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda
13:04 / 2022-07-26

XXR TIV Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Yue Syaoyun “Afg‘oniston: Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasidagi ma’ruzasida Afg‘onistondagi vaziyat butun dunyoda xavfsizlik va barqarorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

Uning aytishicha, bugungi kunda Afg‘oniston aholisining 72 foizi qashshoqlik chegarasida yashamoqda, mamlakatdagi ishsizlik darajasi 40 foizni tashkil etadi.

– Xitoy Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda”, – dedi, jumladan, maxsus vakil. – Masalan, yaqinda yuz bergan zilzila oqibatini yumshatish uchun 15 million yuan ajratdi. Bundan tashqari, Afg‘onistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishda davom etyapmiz.

Bundan tashqari, Yue Syaoyun jahon hamjamiyatini Afg‘oniston bilan hamkorlikni rivojlantirish va vaziyatni ko‘p tomonlama muvofiqlashtirishda davom etishga chaqirdi. 


G. Abdullayeva, O‘zA