Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YTH: aybdorni aniqlashdan ko‘ra hodisaning oldini olgan afzal
14:46 / 2022-08-08

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizlik xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, shahar va tuman ichki ishlar bo‘limi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari mas’ul xodimlari tomonidan viloyat hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish, avtomashinalarni yuvish shoxobchalari ishchi-xizmatchilari, haydovchi, yo‘lovchi va piyodalar o‘rtasida yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqaruvchi sabab va omillar, ularning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Soha xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqaruvchi sabab va omillar, bu kabi hodisalarning oldini olish, harakat ishtirokchilari tomonidan muntazam ravishda yo‘l harakati qoidalariga amal qilish va buni kundalik hayot tarziga aylantirish lozimligi ta’kidlandi.

Yosh bolalarni avtomobilda yoki serqatnov yo‘llarda qarovsiz qoldirmaslik, ularni avtomobil yo‘llarida o‘ynashlariga yo‘l qo‘ymaslik, bolalarning yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilim, tushunchalarini yoshligidan boshlab shakllantirib borish borasida muntazam targ‘ibot tadbirlari va uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Jizzax viloyat IIB JXX YHXB xodimlari – “Yo‘l transport hodisasi aybdorini aniqlashdan, uning oldini olgan afzal!” shiori ostida ish olib boryapti.

A.Qayumov, O‘zA