Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YTH: 6 oyda 800 ga yaqin qurbon
10:15 / 2022-07-21

Bundan bir necha yil burun yo‘l-trasport sohisiga mas’ul mutasaddilardan biri: “Mamlakat miqyosida yo‘l-transport hodisalarining ko‘pligi, buning oqibatida hayotdan bevaqt ko‘z yumayotgan, majruh bo‘lib qolayotganlar soni xuddi jang ketayotgan hududdan kelayotgan xabarlardek tashvishli” ekanini afsus bilan ta’kidlagan edi.

Bugun-chi, yo‘llarimizda ahvol qanday, o‘zgarganmi, degan savol paydo bo‘ladi. Afsuski, yaxshi tomonga o‘nglanayapti, deb ayta olmaymiz. 

IIV YTHBB ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 3559 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda 784 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumib, 2775 nafar yurtdoshlarimiz turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olgan. Sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining teng yarmi inson omili bilan bog‘liqligi achinarli. 

22,9 foizi – tezlikning oshirilishi oqibatida, 7,1 foizi haydovchi ehtiyotsizligi bilan bog‘liq, 1 foizi esa haydovchilarning mast holatda avtomobil boshqarishi oqibatida yuz bergan. Bundan tashqari 1648 ta baxtsiz hodisaga yo‘lovchilar, 298 tasida velosiped haydovchilari sababchi bo‘lgan.

Ma’lumotlar, baxtsiz hodisalarni ko‘proq yosh haydovchilar sodir etayotganini ko‘rsatadi. Ya’ni 25 yoshgacha bo‘lgan “aybdor” haydovchilar 27,4 foizni , 30 yoshgacha bo‘lganlar 26,9 foizni tashkil etadi. Ayollar 126 marta, 3433 ta hodisada esa erkak haydovchilar aybdor bo‘lgan.

Farg‘ona viloyatida eng ko‘p – 621 ta, Toshkent viloyatida – 479 ta, poytaxt Toshkentda – 413 ta YTH sodir bo‘lgan. Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatiga tegishli bo‘lib, 70 tani tashkil etadi.

                                                                                              O‘zA