Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YPX nazorat postida qidiruvdagi shaxs aniqlandi
17:33 / 2022-02-28

Joriy yilning 27 fevral kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani va Toshkent shahrini ajratib turuvchi "Quyoshli" maxallasida joylashgan YPX nazorat postida YPX inspektori O.Sunnatillayev xizmat vaqti davomida fuqaroga tegishli ma’lumotlarni xizmat yuzasidan planshet yordamida tekshirdi.

Unga ko‘ra, fuqaro 1989 yilda tug‘ilgan N.X. ekani va O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi (firibgarlik juda ko‘p miqdorda) bilan ayblanib, joriy yilning 12 fevral kunida Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingani aniqlandi. Shundan so‘ng qidiruvdagi shaxs ehtiyot chorasi “qamoq” bo‘lganligi sababli tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi IIV 1-son hibsxonaga joylashtirildi.  

A.Musayev, O‘zA