Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozyovonlik ijodkorlar ham kutubxonaga o‘z hissalarini qo‘shishdi
13:38 / 2026-01-09

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanidagi bir guruh ziyoli nuroniylar respublika bo‘ylab safarlari davomida Samarqandda bo‘ldilar. Dastlab ular Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilayotgan buyuk bobokalonimiz Imom al- Buxoriy hazratlari majmuasini ziyorat qilishdi.

,,Zarafshon"-,,Samarqandskiy vestnik" gazetalari bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshev hamrohligida Urgutning Dehqonobod mahallasida joylashgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, taniqli yozuvchi Abdusaid Ko‘chimov kutubxonasiga bordik.  

Kutubxona Abdusaid Ko‘chimov tug‘ilib o‘sgan hovlida bunyod etilgan.   Urgut ko‘plab taniqli yozuvchi va shoirlar tug‘ilib o‘sgan go‘sha. Kutubxonaga kirishda ularning suratlari qo‘yilgan.  

Kutubxonaga kirib hayratimiz yanada oshdi. Unda o‘n mingdan oshiq kitoblar, Milliy kutubxonaga ulangan kompyuter, ilmiy izlanishlar olib boruvchi yosh olimlar xonalari mavjud ekan.  

Mehmonlar o‘z fikr-mulohazalarini yozadigan esdalik kitobiga tilaklarimizni yozdik. So‘ng yozyovonlik ijodkorlar Muhammadrasul Kimsanboyev, Malik Boymatov, Alisher Toshqulov, Dilshod Masobirov, Erkinjon Ermatov, Arabboy Umarov o‘zlari keltirgan kitoblarni kutubxonaga sovg‘a tariqasida topshirishdi.

Ustoz jurnalist Farmon Toshev tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi. Nuroniylarimiz esa shunday xayrli ishni amalga oshirganlar haqqiga duo qilishdi.

Azimjon Xudoyqulov,  

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani  

hokimligining Axborot xizmati rahbari  

O‘zA