English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozyovonda qishki ishlar avjida (+video)
14:41 / 2024-01-05

Yozyovon tumanida dehqonchilik qilishning o‘ziga xos qiyinchiliklari bor. Bu avvalo Markaziy Farg‘ona yerlarining sho‘rligi va suv ta’minotidagi muammolar bilan bog‘liq. Ammo bunday sharoitga ko‘nikib qolgan dehqonlar muammolarga odatiy hol deb qaraydilar.

Yozyovon hududida  Katta Farg‘ona kanalidan suv oladigan tumanlararo Xonobod suv yo‘lagi o‘tadi. U sekundiga 15 kubometr suv o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lib, Qo‘shtepa va Toshloq tumani maydonlariga ham yetib boradi. Ammo so‘nggi yillarda bu suv tarmog‘i samarasi pasayib ketdi.

-40 foizgacha suv yo‘qotilar edi. Loyqalarning to‘planib qolishi, aholi tomonidan teraklarni o‘zboshimchalik bilan ekilganligi, suv harakatiga to‘sqinlik qilyapti. Yozyovon tumanini o‘zida 76 ta fermerimiz salkam 1000 gektarga yaqin yerni sug‘orishda foydalanadi bundan. 400 gektar aholi tomorqa yerlari ham bor, – deydi tuman irrigatsiya bo‘limi rahbari Jahongir Abdullayev. –17 milliard pul ajratildi. 13,5 km kanalimiz hozir 4 ta DUK tomonidan ishlar boshlangan. 

Rejaga ko‘ra bahor oylarigacha kanal bitib suv bera boshlashi lozim. Ammo ish suratiga ta’sir qiluvchi omillar ham bor. Kanal bo‘ylariga aholi ruxsatisiz Kaliforniya teraklarini betartib holda ekib tashlagan. Avval ikki qirg‘og‘ini tozalash lozim.

Kanal boshida ishlar qizg‘in. Qudratli texnika vositalari tunu-kun tinmayapti.

–Hozir biz Xonobod kanalining birinchi metridan boshlab tuproq ishlarini bajarib boryapmiz. Bundan keyin shag‘al yotqizib, betonga tayyorgarlik ko‘ramiz. Kanalning tagi 4  balandgi 2,10 metr bo‘ladi. Bu  yerdagi ishchilarimiz hammasiga yotoq-o‘rinlari tayyorlaganmiz. Shu yerda tunu-kun ishlashyapti. Ekskavatorlarimiz 2 smenda ishlayapti, –deydi Bag‘dod “Maxsussuv pudrat” MCHJ bosh muhandisi Nosir Ismoilov.

Yozyovon tumani quyi yerlarida paxta, g‘alla, poliz va boshqa ekinlar taqdiri bugun tozalab, kengaytirib, betonlanayotgan  Xonobod kanali o‘z muddatida ishga tushishiga bog‘liq.

Suv dehqonchilik taqdirini hal qilar ekan, bunda ishning katta-kichigi bo‘lmaydi. Hozir aholi yashaydigan mahallalar orqali o‘tadigan tarmoq ariqlar ham tozalanyapti. Yozyovonda yuz kilometrdan ziyod ichki ariqlar tozalanishga muhtoj. Qolaversa aholi suv yo‘llariga axlat tashlash xollari uchraydi. Ichki ariq suv taqsimlash inshootlari ta’mir yoki qayta qurishga muhtoj. Bunday vaziyat ham suvdan tejab tergab foydalanishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yozyovonda sho‘r yuvishning haddini olgan suvchilar bor. Ular har bir qarich yerga uning sho‘rlashish darajasiga qarab suv yetaklashi lozim. Pol olingan katta-katta yer maydonlari o‘z navbatini kutib yotibdi. Ular oz emas, 5 ming gektar paxta maydonining 2 ming gektari sho‘rlashgan. 

–Eskilarning gapi bor: “Chilla suvi, tilla suvi” degan, – deydi tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Mirzaabdullo Tojiboyev. –Hozir birinchi sho‘r yuvish yaxob quyish ishlarini boshladik. Hozirgi kungacha 300 gektarga suv qo‘yib bo‘ldik. Qolgan maydonlarni tez kunda tugatib ikkinchisini boshlaymiz. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1rFXDgM9DMY" title="YOZYOVONDA QISHKI ISHLAR AVJIDA  (+video)" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Agar hamma birlashsagina har qanday muammo yechim topadi. Yozyovonda bahorga jadal hozirlik ko‘rilayotgani bu ishlarda hech kim tomoshabin bo‘lib turmagani bilan ham bog‘liq. “Xonobod suvliariq Fayz” fermer xo‘jaligi oz emas, bir kilometr ichki ariqlarni o‘z hisobidan beton qilishga kirishdi.

–80 sentner g‘alla oldik. 42 sentner paxta oldik, –deydi fermer Mirzaakbar Jumayev. –Ariqlarni davlatimiz qachon beton qilib beradi, deb kutmasdan fermer xo‘jaliklari o‘zlari ham hissalarini qo‘shishi kerak. Hozir latoklashtirishni 400 metrdan boshlab qilyapmiz. Bu yil bahorgacha 1 km qilish mo‘ljalimiz bor. 

Toifalanishda yuqoriga qarab intilayotgan Yozyovon tumani bu yil ham dehqonchilikda yuqori marralarga erishishiga bugun, qishning chillasida asos yaratilmoqda.

Muallif: Muhammadjon Obidov

Tasvirchi: Elyor Olimov