Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozyovonda o‘zgarish bo‘ladimi?
12:32 / 2024-10-11

Farg‘ona viloyatida 2024 yilning yanvar-avgust oylarida 632 ta eksportyor ishtirokida 555,6 mln. dollarlik eksport amalga oshirildi. Bu 2023 yilning mos davriga nisbatan 16,8 foizga ko‘pdir. Bunday natijaga tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ochilgan ishlab chiqarish korxonalari va sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar tufayli erishildi. Ayni choqda import hajmini qisqartirish uchun uning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish kengaytirildi. Natijada 2024 yil yanvar-avgust oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan import hajmi 16,8 foizga kamaydi.

Ammo... viloyatdagi Yozyovon tumanida aksincha eksport kamayib, import ko‘rsatkichi ortib borayotganini kuzatish mumkin. 2024 yil yanvar-avgustida viloyat statistika boshqarmasi tarqatgan ma’lumotda ta’kidlanishicha, tumanda atigi 4,3 mln. dollarlik eksport qilinib, shu vaqt ichida 13 barobar ko‘p – 57,3 mln. dollarlik import qilingan. To‘g‘ri, tumanga zarur texnologik vositalar ham olib kelinayapti. Ammo eksport miqdori Yozyovonda viloyat ko‘rsatkichining bir yuz-u o‘ttizdan birini tashkil etishi hali bu borada juda ko‘p ish qilinishi lozimligini ko‘rsatadi.

Muhammadjon Obidov, O‘zA