Yozyovonda O‘zbekiston kubogi sohiblari aniqlandi
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanidagi sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar hamda 2009-2010 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizning barcha hududlaridan 400 nafardan ortiq polvon ishtirok etgan O‘zbekiston kubogida o‘smirlar o‘rtasida Alimuhammad Nurmahmatov (Farg‘ona), Te’mur Ne’matullayev (Namangan), Asiya Turdibekova (Qoraqalpog‘iston) singari yosh sportchilar o‘z vazn toifalarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Kattalar o‘rtasida kechgan murosasiz va qiziqarli kurashlarda Jumadulla Isroilov (Toshkent v.), Ilyosbek Yuldashev (Andijon), Davron Abdurahmonov (Farg‘ona), Zeboxon Nosirova (Namangan), Nasiba Akbarova (Farg‘ona) kabi polvonlar o‘z vazn toifalarida oltin medallarga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston kubogi yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA muxbiri