Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozyovonda kuz manzaralari
15:04 / 2025-11-21

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida kuz tabiati o‘zgacha tarovatli. Keng dalalarda oltin faslning go‘zal manzarasi yastangan. Tabiat sariq, qizg‘ish ranglar bilan bezangan.  

Dehqonlar kuzgi yumushlar bilan band. Kimdir yer haydamoqda, kimdir ekinlarni yig‘ishtirmoqda, yana kimdir qishga tayyorgarlikning oxirgi ishlarini amalga oshirmoqda. Ularning mehnat shijoati va kuzning yumshoq shamoli birlashib, Yozyovon sahrosiga o‘ziga xos ruh bag‘ishlagan.

[gallery-26365]

Oltin rangga burkangan dalalar, ravon yo‘llar va mehnatkash dehqonlar qiyofasidagi ushbu kuz go‘zalligi tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni tarannum etmoqda.  

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA