Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozyovonda ham yoshlar bog‘i bor
15:35 / 2022-08-22

Mustaqilligimizning o‘ttiz bir yilligi bayrami arafasida Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida yoshlar bog‘i foydalanishga topshirildi.

“Xonobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi mazkur maskan hashar yo‘li bilan barpo etilib, tuman hokimligi tashabbusi bilan boshlangan bu xayrli ishga 500 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Hududi salkam bir gektarli bog‘da turfa daraxt nihollari, anvoyi gullar, favvora, amfiteatr, vook kafe kabilar bor.

  Tantanali ochilish marosimida ramziy lentani yurtimiz ulug‘lari kesib, Markaziy Farg‘ona cho‘lidagi bu bog‘ inson qadri uchun qaratilayotgan ezgu ishlarning biri ekanligini ta’kidlashdi. Aholining madaniy hordiq chiqarishida maskanning o‘rni muhimligi qayd etildi. Yoshlar bog‘ining ochilishi 31 nafar kichkintoylarning sunnat to‘ylariga ulanib ketdi.  

To‘y bolalarga velosiped, o‘yinchoqlar, shirinliklar sovg‘a qilindi. To‘y albatta dasturxoni bilan bo‘ladi. 500 kishidan ortiq mahalla ahliga to‘kin dasturxon tuzalib, sho‘rva-osh tortilib, ehson qilindi. Aholi uchun bayram dasturi namoyish etilib, barchaga bayram shukuhi ulashildi.  
 

M.Sulaymonov,  
O‘zA