Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozyovonda 65 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi boshlandi
11:16 / 2022-01-22

Farg‘ona viloyatida 2022 yilda Farg‘ona shahridagi ekoshahar hududi, Farg‘ona hamda Yozyovon tumanida "Yangi O‘zbekiston" massivlar qad rostlaydi.

Yozyovon tumanidagi “Yuqori Soybo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida mazkur massivning ilk tamal toshi qo‘yildi.

Tantanali tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Prezidentimiz boshlab bergan barcha islohotlar zamirida “Inson qadri uchun” degan g‘oya yotganligini, islohotlar insonlarni bugungi yashab turgan turmush tarzida aks etishi, aholi bugungi kunidan rozi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.



Shuningdek, Yozyovon tumanida o‘tgan yili barcha yo‘nalishlarda ko‘rsatkichlar yuqori bo‘lganligini, biroq uzoq yillar hudud obod qilinmay, katta qurilishlar amalga oshirilmaganligini, sanoat yo‘qligini, endi esa Yozyovon ham katta o‘zgarishlarga yuz tutishini, Farg‘ona tumani va Farg‘ona shahri bilan bir qatorda bu yerda ham joy xususiyatidan kelib chiqqan holda 65 gektarlik yangi massiv qad rostlashini ma’lum qildi.

3 yilga mo‘ljallangan loyihaga ko‘ra, birinchi bosqichda 33 ta 5 va 7 qavatli 948 ta xonadondan iborat uylar qurilishi, imkoniyatdan kelib chiqib, bundan ham ko‘proq ko‘p qavatli uylar qurish mumkinligiga e’tibor qaratildi.

Ikkinchi bosqichda 29 ta, uchinchi bosqichda 24 ta, to‘rtinchi bosqichda 52 ta ko‘p qavatli uylar qurilib, “Yangi O‘zbekiston” massivida jami 138 ta ko‘p qavatli turar-joylarga 3856 ta xonadonlar joylashtiriladi. Bundan tashqari, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, Madaniyat saroyi, maktab va bog‘chalar, poliklinika, xizmat ko‘rsatish va savdo markazlari ham qurilib, aholi uchun qulay infratuzilma shakllantiriladi. Ishlab chiqarishlar va issiqxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, fuqarolar bandligi ta’minlanadi.

M. Sulaymonov, O‘zA