French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozyovon tumanida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga birinchi g‘isht qo‘yildi
15:23 / 2022-04-11

2022 yilda Farg‘ona viloyati markazi, shuningdek, Farg‘ona, Yozyovon, Oltiariq tumanlarida zamonaviy shaharsozlik loyihasi asosida “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishining birinchi bosqichi doirasida ko‘p qavatli uylar barpo etish rejalashtirilgan. Yozyovon tumanining “Yuqori Soybo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 65,4 gektar maydonda barpo etishga kirishilgan “Yangi O‘zbekiston” massivida birinchi g‘isht qo‘yish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Dilshodjon Jalilov, yoshi ulug‘ nuroniylar, tuman faollari ishtirok etdi. Mazkur massivda 138 ta 5-7 qavatli jami 3 ming 856 ta xonadondan iborat uylar quriladi. 

Shuning bilan birga 2 ta maktab, 3 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, madaniyat uyi, poliklinika, maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo do‘konlari hamda boshqa ko‘plab inshootlar qad rostlaydi. Joriy yil birinchi bosqichda 948 ta xonadondan iborat 33 ta turar joy binolari qurish rejalashtirilgan. 

Massivdagi 3,6 gektar maydonda 1423 tup kashtan, eman, qrim qarag‘ayi, pavloniya, sadaqayrag‘och, magnoliya, sharq tuyasi, hind sireni, shamshod, suriya atirguli kabi manzarali daraxtlar va butalar ekilib, yashil makon barpo etildi. 


M.Sulaymonov, O‘zA