Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozyovon tumanida kichik sanoat zonasi (+video)
16:25 / 2026-02-27

Prezident qarori –amalda

Mamlakatimiz taraqqiyoti, iqtisodiy salohiyati o‘sib borishida shubhasiz kichik sanoat zonalarining o‘rni katta. Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida ham Prezident qarori bilan 24,7 gektar maydon toifasi o‘zgartirilib, yangi tadbirkorlik va ishlab chiqarish korxonalari uchun ajratildi. Dastlab maydon 83 ta lotga bo‘lindi.

– Hozirgi kunda auksionga chiqarilgan 83 ta lotlarning barchasi sotib olingan va ushbu lotlarning hammasida qurilish montaj ishlari boshlab yuborilgan, – deydi Savdo- sanoat palatasi Yozyovon tuman bo‘limi boshlig‘i Otabek Qurbonov. – Loyihalarning jami qiymati 43,4 mln. dollarni tashkil etadi. Jumladan, xitoylik tadbirkorlar tomonidan ham 3 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bular: baliqlar uchun ozuqa yem ishlab chiqarish loyihasi– qiymati 10 million dollar, metalni qayta ishlash loyihasi– qiymati 10 million dollar. Yana biri  elekro kabellar ishlab chiqarish loyihasidir.  

Yozyovon tumani drayverlaridan biri baliqchilik bo‘lib qolishi aniq. Chunki bu yerdagi suv ombori va unga tutash o‘nlab ko‘llarda barcha turdagi, hatto forel balig‘igacha boqiladi. Ammo hozirgacha tuman baliqchiligi uchun ozuqa yetishtiruvchi zavod yo‘q edi.

Endi xitoylik hamkorlar ishtirokida bu muammo hal bo‘ladigan bo‘ldi. “HUALONG SILIAO” xorijiy korxonasi baliq yemi ishlab chiqarish loyihasi ustida ish boshladi.

– Biz bu yerga quradigan zavod baliq uchun ozuqa granulalarini ishlab chiqaradi, – deydi “HUALONG SILIAO” xorijiy korxonasi ish yurituvchisi Jo Bing. – Makka, bug‘doy, mosh, loviya va maxsus qo‘shilma aralashmasidan bo‘lgan omuxta yem baliqning tez semirishini ta’minlaydi. Biz birinchi bosqichda bir yilda 7000 tonna granula ishlab chiqaramiz. Ammo bu yerda yana bir shunday zavod quramiz. Unda quvvat ikki barobarga yetadi.

Yozyovon sanoat zonasida “Xebey stip konstruksi materialis” xorijiy kompaniyasi 10 mln.dollarlik metalni qayta ishlash, “Sinyan kabel” kompaniyasi esa loyiha qiymati 10 mln.dollar bo‘lgan energetika kabellari ishlab chiqarish korxonalarini qurishga kirishdi.

– Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida 765 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bundan tashqari, mahalliy tadbirkorlar tomonidan transformator ishlab chiqarish loyihasi, A–373 xalqaro O‘sh–Toshkent magistral yo‘li yoqasida mehmonxona, savdo komplekslari, logistika xizmatlarini tashkil etish loyihalari bo‘yicha ham qurilish ishlari boshlangan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GJe4AYf5S9I" title="Yozyovon tumanida kichik sanoat zonasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA