Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozyovon qovunlari Xitoyga eksport qilinmoqda
10:51 / 2024-06-15

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi “Qorasoqol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yoshlarga dehqonchilik qilish uchun ajratib berilgan maydonlarda “Qodir Rustamov” poliz ekinlari yetishtirish kooperatsiyasi tashkil etilgan.

Bu yerda 6,5 gektar maydonda qovunning "Resseres"(Turkiya) navi ekilgan. U mahalliy navlardan eksportbopligi, uzoq muddat saqlash mumkinligi bilan farq qiladi. Mazkur qovun navi gektariga 200 sentnergacha hosil bermoqda. Yetishtirilgan qovunlar Xitoyga eksport qilindi.

Tajribali dehqon Qodirjon Rustamovning aytishicha, daladagi ertapishar qovun navi plyonka ostiga ekilgan bo‘lib, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan. Sug‘orish jarayonida 50 foizgacha suv tejaladi. Plyonka ostiga ekilgani bois, har kuni 10 daraja qo‘shimcha issiq harorat yig‘iladi. Bu esa, qovunning erta pishib yetilishiga zamin yaratadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, cho‘l sharoitida muddatidan oldin pishib yetilgan qovunlar bugungi kunda bozorlarimizda yaxshi narxlarda sotilmoqda.

Hozirgi kunda mazkur qovun urug‘lari respublika bo‘ylab keng tarqalmoqda. Fermer xo‘jaligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan ham yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Qovun hosili yig‘ib olingandan so‘ng takroriy ekin sifatida tarvuz urug‘larini ekishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, institut bilan hamkorlikda Oltiariq tumanida 3 xil pomidor urug‘i va 2 turdagi piyoz ekinlarini parvarishlab, tajriba sinov olib borilmoqda.

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri