Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Yozuvchi o‘z asarida Umar Xayyom va Abu Homid G‘azzoliyni do‘stlashtirdi» — Nabi Jaloliddindan uch roman
20:58 / 2022-02-17

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan uyushma a’zosi, yozuvchi Nabi Jaloliddinning «Urushning davomi», «Umar Xayyom» va «Jallod ayol» deb nomlangan kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotda «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, professorlar Bahodir Karim, Ulug‘bek Hamdam, Faxriy jangchilar Respublika kengashi raisi Tal’at Murodov so‘zga chiqib, yozuvchining ijodiy qirralari, 3 ta yangi romanlarining mazmun-mohiyatiga to‘xtaldi.

Kitobxon «Jallod ayol» romanidan hazrati inson har qanday sharoit va holatlarda ham inson bo‘lib qolishga majbur ekani, buning uddasidan ming bir mashaqqat bilan bo‘lsada, albatta chiqishi lozimligini o‘rganadi. Unda 36 yil o‘lim jazosini ijro qiluvchi vazifasida ishlagan ayol hikoyasi bayon qilinadi.

Muallifning «Urushning davomi» romanida esa afg‘on urushining ayanchli hamda iztirobli manzaralari tasvirlanadi. Yozuvchining urushda ishtirok etishi ikki hissa fojiadir. Zero, uni umr bo‘yi ta’qib qiladi. Urushda ishtirok etishdan ko‘ra u haqida yozish og‘irroq. Shuning uchun ham roman o‘ziga xos uslub va shaklda yozilgan. Asarning mazmun-mohiyati esa hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi.

Umar Xayyom haqida dunyo miqyosida ko‘plab ilmiy va badiiy asarlar yaratilgan. Ularda mualliflar shoirni turlicha talqin qilishgan va ko‘pchiligi uni dahriy, osiy inson sifatida tasvirlagan. Buning isboti uchun esa ruboiylarini asos qilib olishgan. Yozuvchi Nabi Jaloliddinning «Umar Xayyom» romanining yangiligi esa – Xayyom ila G‘azzoliyni do‘stlashtiradi. Shoirning she’rlarini yangicha talqin qiladi. Chunki o‘z tasavvuridagi Umar Xayyomini romanda tasvirlaydi. Uni qanday qabul qilishni esa kitobxonlar ixtiyoriga qoldiradi.

Taqdimotda muallif tomonidan yig‘ilganlarga yangi kitoblar ulashildi.

D. Mamatova, O‘zA