Yozuvchi Muhammad Sharif hikoyalarida ramziy obraz va detallar, folklor an’analari tahlili
Laylo HAYITOVA tayanch doktorant Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent, O‘zbekiston laylohayitova91@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada yozuvchi Muhammad Sharif hikoyalarining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari, badiiy psixologizmning asardagi funksiyalari haqida so‘z boradi. Asosan, “Xirgoyi”, “Oqko‘ngil kishi”, “Hadik”, “Somon yo‘li”, “Parvoz” hikoyalari tahlilga tortiladi, ramziy obraz va detallar orqali, shuningdek, folklor an’analari bilan qahramon ruhiyatini, kayfiyatini ifodalab berish mahorati to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Tayanch so‘zlar: hikoya, ruhiyat, ramziy obraz, san’at, kompozitsiya, hikoya, badiiy psixologizm, syujet, borliq, tasvir, badiiy g’oya.