Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozni quvonchga to‘ldirayotgan 90 kun
11:46 / 2025-06-20

FOTOREPORTAJ

Yaqinda Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish, xususan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalasi dolzarb vazifa sifatida belgilab berilgan edi. Ana shu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimiz bo‘ylab “Dolzarb 90 kun” loyihasi amaliyotga joriy qilindi.

Loyiha doirasida o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

[gallery-23975]

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida ham bu borada qator tashabbuslar hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, tuman madaniyat markazi tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi o‘quvchilarga chinakam bayramona kayfiyat bag‘ishlash bilan birga, ular qalbida san’atga bo‘lgan mehrni yanada oshirdi.

Shuningdek, tarixiy va madaniy merosni o‘rganishga qaratilgan ekskursiyalar ham uyushtirilib, yoshlar tuman hokimligi, muzey va ko‘rgazma zallariga tashrif buyurmoqda. Bu esa ularning dunyoqarashi va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA