Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozma manbalardagi Navoiy fenomeni (+video)
09:27 / 2026-02-11

Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri, atoqli davlat va jamoat arbobi, ta’lim-tarbiya va ilm-fan, ma’naviyat va madaniyat, ona tilimiz va adabiyotimiz homiysi bo‘lgan Alisher Navoiy hazratlari — xalqimiz ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ ajdodlarimizdan hisoblanadi. Ul zotning bebaho ijodiy-ilmiy va ma’rifiy-huquqiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.

O‘z navbatida, Alisher Navoiy ijodiyotiga qiziqish, buyuk ajdodimizning asarlarini o‘rganish nafaqat Sharqda, balki G‘arbda, Yevropa mamlakatlarida o‘zining katta tarixiga ega ekani biz, vorislarga cheksiz g‘urur bag‘ishlashi bilan bir qatorda, ulkan mas’uliyat ham yuklaydi, albatta. Bugungi lavhamizda bizgacha yetib kelgan yozma manbalardagi Navoiy shaxsiyati bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan batafsil tanishamiz.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VaR1vx-pNbc" title="Yozma manbalardagi Navoiy fenomeni " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA