Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozma manbalarda Turon harb ishi tarixi (+video)
10:43 / 2025-09-27

Turon harb ishi tarixining ildizlari eng qadimgi davrlarga borib taqaladi va uni yoritish uchun arxeologiya ashyolari, xalq og‘zaki ijodi, elshunoslik namunalari, turkiy, sug‘d, xitoy, arab, fors, suryoniy, ozarbayjon, arman, yunon, lotin, rus va boshqa tillarda ko‘plab yozma manbalarni ilmiy muomalaga kiritish kerak bo‘ladi.

O‘zbek davlatchiligida muhim o‘rin tutib kelgan harb ish tarixini chuqur va manbalar asosida o‘rganish masalasi so‘nggi yillarda ustuvor vazifaga aylandi. Bunda harbiy qo‘mondonlik tizimi, qo‘shinlarning tashkil etilishi, qurol-yarog‘, jang san’ati va mudofaa inshootlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, ularning davlat boshqaruvi va taraqqiyotida tutgan o‘rnini belgilashga alohida e’tibor berilmoqda.  

FA Tarix instituti tomonidan o‘tkazilgan “Yozma manbalarda Turon harb ishi tarixi” birinchi ellararo ilmiy yig‘in ushbu yo‘nalishda tadqiqotlarni keng yo‘lga qo‘yish, bu boradagi ilk ilmiy natijalarni e’lon qilish, mazkur sohadagi muammolarni aniqlash va ularning yechimini topishga qaratildi.

Yig‘inning asosiy qismi yakunida o‘zaro savol-javoblar va muhokamalar qizg‘in tarzda o‘tdi. Taniqli olimlar hamda mutaxassislarning tegishli tavsiya va mulohazalari tinglandi.  

“Yozma manbalarda Turon harb ishi tarixi”ga bag‘ishlangan ilmiy yig‘inda muhokama etilgan masalalar o‘zbek harb ishi tarixi bo‘yicha bor muammo va bo‘shliqlarni, shuningdek, bu yo‘nalishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ilmiy hamkorlik va tashkiliy ishlar ahamiyatini yaqqol ko‘rsatib berdi. Yig‘in yakunida uni an’anaga aylantirish taklifi ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uezLsNPdveM" title="Yozma manbalarda Turon harb ishi tarixi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA