Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozgi turizm maktabi ishtirokchilari ko‘hna Xivada
11:41 / 2024-06-13

FOTOREPORTAJ

Urganch davlat universitetida tashkil etilgan Yozgi turizm maktabi ishtirokchilarining qadimiy va navqiron Xiva shahri bo‘ylab sayohati uyushtirildi.

[gallery-17818]

Unda Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti talabalari Xiva shahrining “Ichan qal’a” majmuasidagi ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalar, yodgorlik-majmualar, muzeylar, yangi barpo etilgan ob’ektlar bo‘ylab sayohat qildi, tariximiz haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Sayohat davomida ko‘hna Xorazmning o‘ziga xos osori atiqalari, milliy madaniyatimiz va urf-odatlarimizni aks ettiruvchi buyumlar ayniqsa, barchada katta taassurot qoldirdi.  

 

Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA