Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozgi ta’tilda pedagoglar necha kun dam olishadi? 56 kunmi yoki 48 kun?(+video)
09:29 / 2023-06-04

Ayni kunlarda pedagog xodimlarga beriladigan har yilgi mehnat ta’tili masalasi ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilingan mavzu bo‘lib qolmoqda.

Yangi Mehnat kodeksining 501-moddasiga asosan “pedagog xodimlar ish vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi” deyilgan. 

Biroq, mana maktab ham tugadi, lekin MK 501-moddaning talabi xali ham bajarilgani yo‘q. 

Aslida yangi Mehnat kodeksi 2022 yil 28 oktyabrda e’lon qilingan va olti oydan so‘ng kuchga kirishi belgilangan bo‘lsa, uni amalda ishlaydigan darajaga keltirish uchun mutasaddilarga yetarlicha vaqt-6 oy berilgan. Ya’ni, pedagog xodimlarning mehnat ta’tili bilan bog‘liq masala Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023 yil 30 apreliga qadar hal etilishi belgilangandi. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VheqP1GPGmg" title="Yozgi ta’tilda pedagoglar necha kun dam olishadi? 56 kunmi yoki 48 kun?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Xo‘sh, yozgi ta’tilda pedagoglar 56 kun dam olishadimi yoki 48 kun? 
"Yurist tavsiyasi" ruknini kuzatib boring va o‘z haq-huquqlaringizni qonuniy himoya qiling.

M.Turdaliyeva,

H.Abduvoitov O‘zA