Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozgi ta’til maroqli o‘tmoqda
17:31 / 2023-07-17

“Sog`lom avlod uchun” fondi tomonidan 2022-2023-o‘quv yili bolalarning yozgi ta’til vaqtlarida dam olishlarini mazmunli hamda qiziqarli tarzda tashkil etish maqsadida alohida chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda mazkur dasturni izchil amalga oshirishga katta ahamiyat qaratilmoqda.

Dasturga muvofiq, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalar farzandlari, “Mehribonlik” uylari, maxsus maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari, nogiron bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar bo‘yicha tibbiy, xayriya va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlarda bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.  

2023 yil yoz oylarida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bolalarini qo‘llab-quvvatlash, ta’til kunlarining maroqli o‘tishini tashkil etish maqsadida fondning hamkorlari ko‘magida Tibbiy-ijtimoiy markaz hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bolalar uchun sog‘lomlashtirish markazi - oromgohi tashkil etilgan.    

Ushbu markazda futbol, voleybol, basketbol, tennis maydonlari, bolalar uchun oshxona, yotoqxona, yuvinish hamda kiyim almashtirish xonalari mavjud bo‘lib, barcha sharoitlar yaratilgan hamda kunduzgi sog‘lomlashtirish markazida bir mavsum mobaynida 40 nafar bola jalb etildi.  

Joriy yilning 10-22 iyul kunlari “Sog`lom avlod uchun” fondi Tibbiy-ijtimoiy markazi hududida “Sog‘lom avlod-2023” bolalar kunduzgi sog‘lomlashtirish markazining navbatdagi sog‘lomlashtirish, dam oldirish jarayoni tashkil etildi.  

Mazkur bolalar kunduzgi sog‘lomlashtirish markaziga bolalarni jalb etish uchun Yunusobod, Shayxontohur, Olmazor tumanlari hududida istiqomat qiluvchi va shu bilan birga, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da turuvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari ro‘yxati shakllantirildi.  

“Sog‘lom avlod-2023” bolalar kunduzgi sog‘lomlashtirish markazi rahbari Alisher Aripovning aytishicha, yozgi sog‘lomlashtirish markazida bolajonlar doimiy ravishda tibbiyot xodimlari nazoratida. Ular 12 kun dam olish davomida tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi, vitaminlar,  shuningdek,  uch  mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari,turli xil sport, madaniy-ma’rifiy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.  

N.Usmonova, O‘zA