Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi samarali tashkil etiladi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 24-maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini samarali tashkil etish va “Favqulodda to‘qson kunlik” tadbirlarini amalga oshirish mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini samarali tashkil etish, bolalar xavfsizligini ta’minlash va tarbiyaviy ishlarni yanada yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar muhokama etildi. Tadbir doirasida turli ko‘rgazmalar va qiziqarli tomoshalar namoyish etildi.
Ayniqsa, kichkintoylar ijodiy ishlari, qo‘l mehnati namunalaridan iborat ko‘rgazmalar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
[gallery-23702]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA