French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozgi oromgoh - eng zavqli dargoh
14:36 / 2024-06-26

So‘x tumanining so‘lim go‘shasida joylashgan “So‘x” oromgohi yozgi sog‘lomlashtirish mavsumining ikkinchi bosqichida 197 nafar bolani o‘z bag‘riga chorladi.

- Bolajonlarning mavsumni maroqli o‘tkazishi uchun oromgohda barcha shart-sharoitlar yaratilgan, - deydi bolalar oromgohi direktori Tavakkal Erkayev. - Shu bilan bir qatorda, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda turli ko‘ngilochar, intellektual yoki ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazib borilmoqda.  

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2022 yilda barpo etilgan “So‘x” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi qisqa vaqt ichida bolajonlarning sevimli maskaniga aylanishiga ulgurdi. Toza havo, so‘lim tabiat, purviqor tog‘larning gashti yanada zavqli. Oromgohdagi har bir kun esda qolarli, quvonchlarga to‘la tarzda o‘tmoqda. Bu yerda o‘g‘il-qizlarning miriqib hordiq chiqarishi bilan birga, jismonan chiniqib, salomatliklarini mustahkamlashlari, bilimlarini oshirishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.  

Joriy  yil mavsumda Farg‘ona viloyatidagi mavjud 14 ta bolalar oromgohida 10 ming 610 nafar o‘g‘il-qizlar dam oladi. Qolaversa, umumta’lim maktablari qoshida tashkil etilgan 109 ta kunduzgi oromgohlar 22 mingdan ziyod o‘quvchilarni o‘z bag‘riga olishi ko‘zda tutilgan.  

Barcha oromgohlarda bolalarning mazmunli dam olishi uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, fan va san’at arboblari bilan uchrashuvlar, turli sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.  

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri