Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoz ne’matlari – qish dasturxoni uchun
18:47 / 2014-07-17

Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Namsibagrobiznes” qo‘shma korxonasida meva-sabzavotlarni sanoat usulida quritish yo‘lga qo‘yildi. Natijada 10 dan ziyod yosh ish bilan ta’minlandi.

Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Namsibagrobiznes” qo‘shma korxonasida meva-sabzavotlarni sanoat usulida quritish yo‘lga qo‘yildi. Natijada 10 dan ziyod yosh ish bilan ta’minlandi.

Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo‘jaligini tubdan isloh qilish, xususan, bog‘dorchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘z samaralarini bermoqda. Yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar mirishkor dehqon va bog‘bonlar uchun o‘ziga xos qulaylik yaratish barobarida, meva-sabzavot navlarini mahalliylashtirish imkonini berayotir. Bu shu yilning 6-7-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzuidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari tomonidan ham alohida e’tirof etildi.

Serquyosh o‘lkamizda yetishtirilayotgan meva va sabzavotlar tabiiyligi, darmondorilarga boyligi bilan dunyo bozorida yuqori baholanadi. Shu nuqtai nazardan respublikamizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Namsibagrobiznes” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan quritilgan meva-sabzavotlarning 60 foizini eksport qilish rejalashtirilgan. 200 million so‘m miqdorida sarmoya yo‘naltirilib, xorijning zamonaviy texnologiyasi o‘rnatilgan korxonada yiliga 250 tonnadan ziyod quritilgan meva va sabzavot tayyorlanadi. Korxona asosiy xomashyoni bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari hamda aholidan sotib olmoqda.