French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoz –2022: xo‘jaylilik yoshlar Buxorodagi oromgohlarda dam olmoqda
16:30 / 2022-06-21

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz viloyatlari orolbo‘yi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni yanada takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog‘istondagi tumanlarga biriktirildi.

Buxoro viloyati ham Xo‘jayli tumanini yanada rivojlantirishga yaqindan ko‘maklashmoqda. Viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi bir guruh mas’ullar, qator tashkilot va idoralar rahbarlari, tadbirkorlar Xo‘jayli tumanida bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Bugun olis tumanda viloyat tomonidan umumiy qiymati 215 milliard so‘mlik, jami qirqqa yaqin loyiha amalga oshirilmoqda. Qurilish, ta’mirlash va tiklash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarida olib borilayotgan ishlarda o‘nlab mutaxassis, mexanizatsiyalashtirilgan kuch va vositalar safarbar qilingan. 

– Buxorolik shifokorlar tomonidan tumandagi 5 ming nafardan ziyod aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, – deydi Buxoro viloyati hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ixtiyor Abdulhaqov. – Shundan 17 nafar fuqaroda  murakkab, 128 nafarida turli jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 

Viloyat quruvchilari tomonidan “Kun nuri” mahallasida 36 ta yakka tartibdagi uy-joy qurilmoqda. Mazkur bunyodkorliklar qatorida shu yil iyun oyi boshida tumanda 20 tadan ortiq ko‘chma maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, qolaversa, “Qo‘lab” ovulida ayollar go‘zallik saloni va erkaklar sartaroshxonalari ish boshladi.  Tumandagi 10 ta yosh oilaning nikoh hamda 10 nafar bolaning sunnat to‘yida viloyat hokimi ishtirok etdi.  

Xo‘jayli tumanida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktab yoshidagi bolalarni yozgi mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazishlari uchun ham muayyan ishlar amalga oshirilayotir. Jumladan, Xo‘jaylidan  kelgan 30 nafar o‘g‘il-qizlar Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Porloq kelajak” bolalar yozgi oromgohida hordiq chiqarmoqda. 

– Bu shinam va zamonaviy, chor atrofi ko‘kalamzorlashtirilgan oromgohda bolajonlarimiz uchun yaratilgan sharoit o‘ylaganimizdan ham ziyoda ekan, – deydi pedagog tarbiyachilar Yulduz Tilavmurodova va Go‘zal Jumaniyozovalar. – Yaxshi jihozlangan mashg‘ulot va o‘yin maydonchalari, salqin yotoqxona va oshxona, ayniqsa, basseyn bolajonlarimizga olam-olam zavq bag‘ishlamoqda. Ular uchun musiqa va san’at oqshomlari, turli bellashuv va musobaqalar tashkil etilmoqda. Buning uchun buxoroliklardan minnatdormiz.

Ayni kunlarda Buxoro Neftni qayta ishlash zavodi ma’muriyati xayrixohligi bilan Xo‘jaylidan yana 20 nafar o‘g‘il-qiz yozgi mavsumni ko‘ngildagiday o‘tkazishi uchun Buxoroga olib kelinmoqda. Ular 12 kunga mo‘ljallangan zavod  tasarrufidagi “Neftchi” bolalar oromgohida hordiq chiqarishadi.

Zarif Komilov, O‘zA