French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YouTube yoshni sun’iy intellekt yordamida tekshiradi
08:58 / 2025-08-20

YouTube AQSHda yangi tizim ishga tushirdi. Endi sun’iy intellekt foydalanuvchi yoshini aniqlaydi va voyaga yetmaganlarga ayrim funksiyalarni cheklaydi.

Agar tizim sizni 18 yoshdan kichik deb topsa:  

- Shaxsiylashtirilmagan reklamalar ko‘rasiz

- Tomosha vaqtida tanaffus eslatmalari chiqadi

- Video yuklash yoki izohlarda maxfiylik ogohlantirishlari paydo bo‘ladi

- 18+ videolarga kirish taqiqlanadi.

Yosh noto‘g‘ri aniqlansa, AD fotosurati, selfi yoki kredit karta ma’lumoti bilan tasdiqlash mumkin.

YouTube ma’lumotlar reklama uchun ishlatilmasligini aytmoqda, ammo foydalanuvchilar va mutaxassislar maxfiylik xavflari haqida ogohlantirmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda #boycottyoutube (tg://search_hashtag?hashtag=boycottyoutube) xeshtegi paydo bo‘ldi. Ba’zilar esa hujjatli va yangiliklar kontenti tomosha qilsa ham cheklovga uchraganini aytmoqda.

Bundan oldin Avstraliya 16 yoshdan kichiklar uchun YouTube akkauntini taqiqlashini e’lon qilgandi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/odELwq9mIC4?si=shwDFIYQr2tANp1J" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA