Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yot illatlarga qarshi kurashish – muhim vazifa
12:10 / 2022-03-13

Jizzax viloyati Do‘stlik tuman hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, tuman xalq ta’limi bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini shakllantirish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda tumandagi professional ta’lim muassasalari, barcha umumta’lim maktablari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixologlar va ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar, yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. 

Seminarda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning shiddat bilan rivojlanishi, kommunikatsiya va axborot texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishi, uslub va vositalarning takomillashuviga sabab bo‘lib, ma’naviy tahdidlar tobora global muammolarga aylanib borayotgani haqida so‘z bordi. Zamonaviy voqelik inson qalbi va ongi uchun bo‘lgan kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko‘payib borayotgani, bunda din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 

Seminarda tinchlik bebaho ne’mat ekani, uning qadriga yetish, millati, diniy e’tiqodi, egallab turgan lavozimi va katta-kichik yoshdagi har bir o‘zbekistonlikning insoniy burchi bo‘lib qolmog‘i lozimligi ta’kidlandi.  

Bundan tashqari, tinch hayotga rahna solayotgan ekstremizm va terrorizm kabi illatlarga sabab bo‘layotgan omillar aytib o‘tildi. Bu borada eng samarali mexanizm tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish ekanligiga ham urg‘u berildi. 

Seminar davomida mavzuga oid videoroliklar hamda ijodkor o‘quvchilar tomonidan chizilgan ekstremizm va terrorizmga qarshi rasmlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA