Yaponiyaning yangi birinchi xonimi, Bosh vazir Sigeru Isibaning rafiqasi, muloyim xulq-atvori bilan tanilgan Yosiko Isiba mamlakat g‘arbidagi ona shahri Tottorida turmush o‘rtog‘idan ham ko‘proq mashhur.
Yosiko Marubeni korxonasi savdo uyida, keyinchalik AQSHning samolyot ishlab chiqaruvchi Lokxid korporatsiyasida ishlagan. Afsuski, uning ismi sobiq Bosh vazir, Sigeru Isibaning ustozi Kakuei Tanaka bilan bog‘liq poraxo‘rlik mojarosida ham uchraydi. Shu janjal bo‘yicha hibsga olingan va ayblangan Tanaka Sigeru va Yosikoning to‘yida hazil bilan shunday degan:
– Marubeni yaxshi kompaniya. Agar men bu ahvolga tushmaganimda, yanayam yaxshi bo‘lardi.
1956 yil 26 avgustda tug‘ilgan Yosiko integratsiyalashgan o‘rta va yuqori maktabni tugatgach, huquqshunoslikdan tahsil olish uchun Keio universitetiga o‘qishga kirgan. O‘sha yerda Sigeru kursdoshining go‘zalligiga maftun bo‘lgan. Sigeruning muhabbati va intilishi tufayli ular 1983 yil turmush qurgan. Juftlikning ikki qizi bor.
Yosiko 2024 yil 1 oktyabrda Liberal-demokratik partiya saylovida Yaponiyaning 102-Bosh vaziri Sigeru Isiba g‘alaba qozongach, kun chiqar yurtning birinchi xonimiga aylandi.
Tottori mehmonxonasida o‘z tarafdorlari bilan xursandligini baham ko‘rarkan, u jumladan shunday dedi:
– Yanada yaxshi Yaponiyani qurish uchun menga maqtov emas, balki doimiy maslahat kerak!
Muharrama Pirmatova, O‘zA