Yoshlik shaharchasi hokimi talabalar bilan uchrashdi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida "Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimi Q.Shonazarov talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida "Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimi Q.Shonazarov talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Unda Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat va sport sohalaridagi yutuqlarini rag‘batlantirish, iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun keng sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida ahamiyat qaratilayotgani ta’kidlandi.“Yoshlik” talabalar shaharchasida sakkiz mingdan ziyod yigit-qiz oliy o‘quv yurtlarida tahsil olib, istiqomat qilmoqda. Yoshlarning qulay sharoitlarda yashashi uchun o‘ttizdan ortiq talabalar turar joyi zamonaviy asosda jihozlangan. Madaniy-ma’rifiy inshoot, kutubxona, sport majmualari yoshlarni jismonan va ma’nan barkamol etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda bugungi globallashuv davrida doimo ogoh va sergak bo‘lish, a’lo baholarga o‘qish, ijtimoiy faol bo‘lish bilan Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish zarurligi ta’kidlandi. Talabalarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun shaharchada yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qilayotgan to‘garaklar, sport mashg‘ulotlari faoliyati tahlil etildi.
Tadbirda talabalarning bo‘sh vaqtlarini foydali va sermazmun o‘tkazish, ular tomonidan turli huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish bilan bog‘liq chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish xususida fikr almashildi.