Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning takliflari qoʻllab-quvvatlandi
17:03 / 2020-07-17

Buxoro shahar xalq qabulxonasi, Mahalla va oilani qoʻllab- quvvatlash shahar boʻlimi hamkorligida shahardagi 4-sektorda karantin qoidalariga amal qilgan holda keng aholi vakillari, ayniqsa, yoshlar bilan sayyor qabul boʻlib oʻtdi.


Buxoro shahar xalq qabulxonasi, Mahalla va oilani qoʻllab- quvvatlash shahar boʻlimi hamkorligida shahardagi 4-sektorda karantin qoidalariga amal qilgan holda keng aholi vakillari, ayniqsa, yoshlar bilan sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabuldan asosiy maqsad oʻsib kelayotgan yoshlarni ish bilan taʼminlash hamda “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi asosida keng aholi vakillari, ayniqsa, yoshlarga kreditlar ajratishdan iborat.

Qabulda fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar soha mutaxassislari tomonidan atroflicha oʻrganildi. Fuqarolarni pandemiya sharoitida qiynab kelayotgan muammolar soha vakillari tomonidan joyida bartaraf etildi.

Yigʻilganlarga pandemiya sharoitida davlat rahbari tomonidan yaratilgan qulayliklar, milliy iqtisodiyotimizga taʼsirini yumshatish, ayniqsa, aholi daromadlarining kamayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralarni amalga oshirish hamda tadbirkorlik subyektlarini faol qoʻllab-quvvatlash yuzasidan qilinayotgan ishlar atroflicha tushuntirib oʻtildi.

– Uchrashuvda konteyner olib, unda tikuv sexi, sartaroshxona, maishiy texnikalarni sozlash kabi tadbirkorlik ishlari bilan shugʻullanish boʻyicha taklifimni bildirdim, – deydi Gulchorbogʻ MFYda yashovchi fuqaro Sabohat Davronova. – Mutasaddilar tomonidan taklifim inobatga olindi va menga har tomonlama koʻmak berildi. Endi men ham oʻz biznesimni yoʻlga qoʻyaman.

Shu kuni koʻplab ishsiz yoshlar gʻalladan boʻshab qolgan yerlarda takroriy ekin ekish uchun oʻz taklifini ilgari surdi. Mazkur taklif hamkor tashkilotlar bilan birga qoʻllab-quvvatlandi. Ularga hududdagi gʻalladan boʻshab qolgan yerlardan ekin ekish uchun yer ajratildi.

Buxoro shahar xalq qabulxonasi tomonidan bu boradagi tadbirlar doimiy amalga oshirib kelinmoqda.

photo5229029250617683424 (1).jpg