Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning sport bayramiga taraddud
18:40 / 2017-02-08

Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan uch bosqichli tizim – "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va Universiada sport musobaqalari yoshlarimizning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida yuksak samaralar bermoqda.

Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan uch bosqichli tizim – "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va Universiada sport musobaqalari yoshlarimizning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida yuksak samaralar bermoqda.

Joriy yilda Jizzax viloyati "Barkamol avlod – 2017" sport o‘yinlariga mezbonlik qiladi. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida har uch yilda an’anaviy o‘tkaziladigan mazkur sport musobaqasining final bosqichini yuqori saviyada tashkil etish uchun viloyatda qizg‘in taraddud ko‘rilmoqda.

Tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli tashkilotlar hamkorligida maxsus dastur ishlab chiqilib, keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jizzax shahridagi ko‘chalar ta’mirlanib, erta bahorda gul va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilishi rejalashtirilgan.

Musobaqalar o‘tkaziladigan Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji sport inshootlari, Jizzax politexnika instituti futbol stadioni va ushbu institut qoshidagi akademik litseyning sport zalida, musobaqa ishtirokchilari joylashtiriladigan kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarining talabalar turar joylari va oshxonalarida ta’mirlash, rekonstruksiya ishlari yakunlanmoqda.

– Muassasamizda gandbol, stol tennisi, voleybol, taekvondo, badminton, erkin kurash kabi sport turlari bo‘yicha bahslar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, – deydi Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji direktori o‘rinbosari Z.Karimov. – Universal sport zali, tennis korti, basseyn, gimnastika zali ta’mirdan chiqarilmoqda. Hududni obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilayotir.