Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning ong-shuurida qo‘sha qarish saodati shakllantirilmoqda
10:44 / 2022-08-17

«Mahalla» xayriya jamoat fondi Namangan viloyat bo‘limi yangi loyihaga qo‘l urdi. Viloyatda hurmat-obro‘ga ega, uzoq yillar birga umrguzaronlik qilib kelayotgan, farzand tarbiyasida boshqalarga o‘rnak keksa otaxon va onaxonlarning uchrashuvlari tashkil etilyapti.

– Maqsadimiz, eng avvalo, keksalarimizning ko‘nglini olishdan iborat deydi, – fond viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi A.Mukarramov. – Bundan tashqari, bu kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati o‘zgacha. Yoshlar ong-shuurida qo‘sha qarish saodati naqadar laziz tuyg‘u ekani haqidagi tushunchalarni shakllantiradi.

Yangiqo‘rg‘on tumani Iskavot qishlog‘ida tashkil etilgan uchrashuvda ham keksa otaxon va onaxonlar o‘z hayot yo‘llaridagi qiyinchiliklar, erishgan muvaffaqiyatlari haqida so‘zlab berishdi. Tadbir yakunida «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» shoiri ostida yoshlar tarbiyasiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan 10 nafar nuroniyning har biriga 1 million so‘mdan pul mukofotlari topshirildi, deya xabar beradi «Mahalla» fondi matbuot xizmati.

O‘zA