Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning musiqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan konsert
18:25 / 2025-11-29

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida yoshlarning musiqiy didini va estetik saviyasini oshirishga qaratilgan navbatdagi muhim madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirildi. 

Tadbirni O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi ijodiy jamoasi tashkil etdi. 

Konsertning asosiy maqsadi — yoshlarga musiqa san’atining turli yo‘nalishlarini namoyish etish, ularda nafosat, san’atga hurmat va ijodiy qiziqishni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Konsert dasturining o‘ziga xos jihati jonli ijro bo‘lib, sahnadagi mahorat, orkestrning uyg‘unligi va har bir asarning badiiy talqini zalda o‘ziga xos ruhiy muhit yaratdi.

Tinglovchilar klassik musiqa namunalari, o‘zbek va jahon bastakorlarining asarlari, shuningdek mashhur serial va film saundtreklarini professional ijroda eshitish imkoniga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, zamonaviy seriallar kuylari talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, tadbirga alohida jo‘shqinlik bag‘ishladi.

Konqert davomida musiqa tarixi, janrlari va uning insoniyat hayotidagi o‘rni haqida qisqa, biroq mazmunli ma’lumotlar berildi. Ushbu axborotlar asosiy konsert dasturi bilan uzviy birlashib, yoshlarda musiqa san’atiga oid tasavvurlarni boyitdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA